Ushbu darslikda to'rtinchi avlod mobil va keng polosali aloqa tizimlarining rivojlanishi tarixi, 4G avlod tizimlari haqida asosiy tushunchalar, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining keyingi rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Harakatdagi radioaloqa tizimlarining rivojlanish tahlili, ularning sinflarga bo'linishi, sotali tizimlarning evolyutsiyasi keltirilgan. LTE mobil aloqa texnologiyalarining, Wi-Fi va WiMAX keng polosali simsiz aloqa tizimlarining o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan. Darslik oliy ta'lim muassasalari talabalari va mobil aloqa sohasida faoliyat ko'rsatuvchilarga mo'ljallangan.