Mazkur uslubiy qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlari 5110700-informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi I-II kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Ushbu uslubiy qo'llanma «Algoritmlash va dasturlash tillari» fanidan misol va masalalar yechish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat. Ushbu uslubiy qo'llanmadan pеdagogika institutlari talabalari, algoritmlash va dasturlash tillariga qiziquvchilar, o'rganuvchilar va dasturlash bilan shug'ullanuvchilar, biror sohada informatikaning algoritmlash va dasturlash bo'limidan imtihon topshiruvchilar o'z bilimlarini mustahkamlashda foydalanishlari, shuningdek, shu fandan dars beruvchi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.